Toshkentda harorat +34°C gacha yetishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 91
Toshkentda harorat +34°C gacha yetishi kutilmoqda

Toshkentda 14-sentyabrdan 18-sentabrgacha boʻlgan ish haftasi uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

14-sentyabr, dushanba kuni kunduzi quyoshli ob-havo bo‘lishi va harorat +33°C darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +19°C darajagacha pasayadi.

15-sentyabr, seshanba kuni kunduzi quyoshli ob-havo bo‘lishi va harorat +34°C darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli bo‘lib +18°C darajagacha tushadi.

16-sentyabr, chorshanba kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘ladi, harorat +32°C daraja boʻladi. Kechasi esa qisman bulutli bo‘lib, harorat +18°C darajagacha pasayadi.

17-sentyabr, payshanba kuni asosan quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, harorat o‘zgarishsiz qoladi — +32°C. Kechasi esa havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +18°C darajagacha tushadi.

18-sentyabr, juma kuni kunduzi quyoshli ob-havo bo‘lishi va harorat +34°C darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shanbaga o‘tar kechasi esa havo qisman bulutli bo‘ladi, harorat +18°C darajagacha tushadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling