Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi
E’lon qilingan sana: · 11

Foto: test
test
Toshkent shahrida 20-sentyabr, yakshanba kuni ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha to‘liq cheklanadi.
Bunga poytaxt turizm salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etishga qaratilgan yirik kino loyihasi doirasidagi tasvirga olish ishlari sabab sifatida ko‘rsatildi.
Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 16:00 gacha quyidagi ko‘cha qismlarida transport vositalari harakati vaqtincha to‘liq cheklanadi:
- Zarafshon ko‘chasi — “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining nazorat-o‘tkazish punktidan Mustaqillik shohko‘chasigacha;
- Istiqlol ko‘chasi — Amir Temur shohko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha.
Haydovchilardan safar yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va muqobil yo‘llardan foydalanish so‘raldi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.