Toshkent va Manama o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

E’lon qilingan sana· 133
Toshkent va Manama o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Birlashgan Arab Amirliklarida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov va Bahrayn Turizm vaziri Fotima Al-Sayrafiy uchrashib, Toshkent va Manama shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm hamkorligini kengaytirish, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish va turizm sohasi vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, marketing tadqiqotlari va statistik ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar turizm sohasi vakillari hamda OAV xodimlari uchun o‘zaro infotur va press-turlar tashkil etishni davom ettirishga kelishib oldi. Bahrayn vakillari 25−27-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etishga taklif qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling