88-avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
E’lon qilingan sana: · 178

Chingiz Aytmatov ko‘chasida olib borilayotgan kommunal ta’mirlash ishlari sabab 88-sonli avtobus yo‘nalishining “M. Yusuf ko‘chasi” so‘nggi bekati tomon harakat chizmasi vaqtincha o‘zgartiriladi.
Avtobuslar Chingiz Aytmatov ko‘chasini chetlab o‘tib, Kichik halqa yo‘li, Oqqo‘rg‘on, Mustaqillik va Parkent ko‘chalari orqali harakatlanadi.
Hududda transport oqimi ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi sababli avtobuslar qatnov oralig‘i uzayishi, shuningdek, yo‘nalishga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.
