Issiq havo qaytadi: poytaxtda harorat +34° gacha ko‘tariladi
E’lon qilingan sana: · 47

19 va 20-sentyabr kunlari Toshkentda ob-havo prognozi.
Shanba kuni kunduzi kam bulutli ob-havo kuzatilib, havo harorati +34° gacha ko‘tariladi. Kechasi esa kam bulutli ob-havo, tutun hosil bo‘lishi sababli ko‘rish masofasi qisqarishi va harorat +20° gacha pasayishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo va +31° gacha isish prognoz qilinmoqda. Dushanbaga o‘tar kechasi kam bulutli, tutun hosil bo‘lishi sababli ko‘rish masofasi qisqaradi va harorat +17° gacha tushadi.