Samarqandning yangi panoramalari shahar bo‘ylab yo‘nalishni oldindan o‘rganishga yordam beradi

E’lon qilingan sana: · 420
Samarqandning yangi panoramalari shahar bo‘ylab yo‘nalishni oldindan o‘rganishga yordam beradi

Yandex Maps’da Samarqandning panoramali suratlarini keng ko‘lamli yangilash yakunlandi. Panoramomobil 1648 km ko‘cha va yo‘llarni bosib o‘tdi va 63 mingdan ortiq panoramalarni tayyorladi.

Yandex Maps’da Samarqand panoramalari keng ko‘lamda yangilandi. Endi foydalanuvchilar shahar bo‘ylab virtual sayr qilib, uning tarixiy obidalarini tomosha qilishi va kelgusi safar uchun borishga arziydigan joylarni tanlashi mumkin. Suratga olish jarayonida panoramomobil shahar ko‘chalari va yo‘llarining 1648 kilometrini bosib o‘tdi. Natijada 63 mingdan ortiq panorama tayyorlandi. Loyiha Samarqand shahri hokimligi ko‘magida amalga oshirildi.

Sayohatni rejalashtirayotganlar uchun panoramalar safarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi: tanlangan diqqatga sazovor joylar orasidagi ko‘chalar qanday ko‘rinishda ekanini avvaldan ko‘rish, mo‘ljal olish va kerakli bino kirish joyining qayerdaligini bilib olish mumkin. Samarqand aholisi esa notanish yo‘nalishlarni oldindan o‘rganishi yoki tanish ko‘cha va hududlardagi o‘zgarishlarni ko‘rishi mumkin.

Turistlar shahar bilan tanishishni Shohi Zinda majmuasi va uning mozaik bezaklarini tomosha qilishdan boshlab, Ruxobod maqbarasiga yo‘l olishi, keyin esa Imomi A’zam, Xo‘ja Imom va Panjob masjidlari atrofida virtual sayrni davom ettirishi mumkin. Yangi panoramalar diqqatga sazovor joylarni ular atrofidagi ko‘chalar bilan birga ko‘rish va Samarqand muhitini shaharga tashrif buyurishdan oldin his qilish imkonini beradi.

Panoramalar, shuningdek, sayyohlarning odatiy diqqatga sazovor joylar ro‘yxatidan tashqariga chiqishiga imkon beradi: Islom Karimov ko‘chasi va Universitet xiyoboni bo‘ylab virtual sayr qilish yoki Xo‘ja Imom masjidi yaqinidagi sokin mahalla ko‘chasiga nazar tashlash mumkin. Bundan tashqari, Yandex Maps’da Registon ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Rudakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalarining tasvirlari ham yangilandi.

Smartfonda panoramalarni ochish uchun bosh ekranning yuqori o‘ng qismidagi ikki kvadratdan iborat belgini bosib, “Panoramalar"ni tanlash kerak. Xaritada ko‘k chiziqlar paydo bo‘ladi. Ulardan istalgan birini bosib, tanlangan joyni har tomonlama ko‘rish va virtual sayrni boshlash mumkin.

Yandex Maps’ni Google Play yoki App Store’dan yuklab olish mumkin.

Yandex Maps haqida

Yandex Maps — yaqin atrofdagi kafe, do‘kon yoki dorixonani topishdan tortib, notanish hududga borishgacha bo‘lgan kundalik shahar vazifalarini hal qilishga yordam beradigan ilova. Unda kerakli tashkilotlar va shahar obyektlarini topish, ularning ish vaqti, fotosuratlari, reytinglari, sharhlari va boshqa foydali ma’lumotlarni ko‘rish, shuningdek, istalgan transport vositasida yoki piyoda harakatlanish uchun qulay yo‘nalish qurish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling