Angren shahar tarixi muzeyi vaqtincha yopiladi
E’lon qilingan sana: · 7

Angren shahar tarixi muzeyi 22-sentyabrdan 2027-yil 1-maygacha ta’mirlash-tiklash ishlari sabab tashrif buyuruvchilarni qabul qilmaydi.
Ta’mirlash ishlari tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari hamda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish talablari asosida olib boriladi. Ishlar davomida muzey ashyolari va kolleksiyalari xavfsiz demontaj qilinib, maxsus xonalarga joylashtiriladi va qo‘riqlanishi ta’minlanadi.
Ishlar yakunlangach, muzey tashrif buyuruvchilar uchun yangilangan sharoitlarda faoliyatini davom ettiradi.