Toshkentda +32° gacha issiq bo‘ladi, kechalari chang ko‘tarilishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 10
Toshkentda +32° gacha issiq bo‘ladi, kechalari chang ko‘tarilishi kutilmoqda

21−25-sentyabr kunlari Toshkentda ish haftasi uchun ob-havo prognozi.

Dushanba kuni kunduzi kam bulutli ob-havo kuzatilib, havo harorati +31° gacha ko‘tariladi. Kechasi esa kam bulutli ob-havo va haroratning +17° gacha pasayishi kutilmoqda.

22-sentyabr kuni kunduzi kam bulutli ob-havo, haroratning +32° gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Kechasi o‘zgaruvchan bulutlilik, tutun hosil bo‘lishi sababli ko‘rish masofasining qisqarishi va haroratning +18° gacha pasayishi kutiladi.

Chorshanba kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo va +31° gacha isish prognoz qilinmoqda. Kechasi esa o‘zgaruvchan bulutli ob-havo, tutun sababli ko‘rish masofasining qisqarishi va haroratning +18° gacha pasayishi kutiladi.

24-sentyabr kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatilib, havo harorati +30° gacha ko‘tariladi. Kechasi kam bulutli ob-havo, tutun hosil bo‘lishi sababli ko‘rish masofasining qisqarishi va haroratning +16° gacha pasayishi prognoz qilinmoqda.

Juma kuni kunduzi kam bulutli ob-havo va +28° gacha isish kutilmoqda. Shanbaga o‘tar kechasi kam bulutli ob-havo, tutun sababli ko‘rish masofasining qisqarishi va haroratning +15° gacha pasayishi prognoz qilinmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling