Abdulla Qahhor uy-muzeyi yil oxirigacha vaqtincha yopildi

E’lon qilingan sana: · 109
Abdulla Qahhor uy-muzeyi yil oxirigacha vaqtincha yopildi

Madaniy meros agentligi tizimidagi Abdulla Qahhor uy-muzeyi 21-sentyabrdan 31-dekabrgacha ta’mirlash-tiklash va modernizatsiya ishlari sabab faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.

Ta’mirlash davomida muzey ekspozitsiyasidagi ashyolar xavfsiz demontaj qilinadi, fonddagi buyumlar esa maxsus xonalarga joylashtiriladi. Shuningdek, uy-muzeyidagi barcha muzey ashyolari jalb etilgan mutaxassislar ishtirokida O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga vaqtincha ko‘chiriladi.

Ishlar yakunlangach, ashyolar xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda uy-muzeyiga to‘liq qaytariladi. Muzey ashyolarini ko‘chirish va qayta joylashtirish topshirish-qabul qilish dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.

Ta’mirlash-tiklash va modernizatsiya ishlari tugagach, Abdulla Qahhor uy-muzeyi tashrif buyuruvchilar uchun faoliyatini yana davom ettiradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling