78 va 124-avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgaradi

Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Shimoliy Olmazor ko‘chasida olib borilayotgan kommunal ta’mirlash ishlari sabab 78- va 124-sonli avtobus yo‘nalishlarining bir tomonlama harakat chizmasi vaqtincha o‘zgartiriladi.
78-sonli avtobus Beruniy metrosi tomon Usta Shirin, Qorasaroy, Dilsaroy va Oltinsoy ko‘chalari orqali, Shimoliy Olmazor ko‘chasiga kirmagan holda harakatlanadi. Toshkent vokzali tomon qatnov esa o‘zgarishsiz qoladi. 124-sonli avtobus ham Beruniy metrosi tomon A. Donish va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari orqali, Shimoliy Olmazor ko‘chasiga kirmagan holda harakatlanadi. Yunusobod 9-dahasi tomon yo‘nalish o‘zgarishsiz qoladi.
Ta’mirlash ishlari davomida hududda transport oqimi ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli avtobuslar qatnov oralig‘i uzayishi va zaruratga ko‘ra yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.
