Anons
ICHKARI muzeyida “Uyimning soyalari” audiospektakli
E’lon qilingan sana: · 115

ICHKARI muzeyida “Uyimning soyalari” audiospektakli namoyish etiladi.
Audiospektakl muzey ekspozitsiyasini kuzatib boradi: tashrif buyuruvchilar eski oilaviy uyga kirib, unga bosh qahramon nigohi bilan qaraydilar. Uy tarixi, eski Toshkent haqidagi hikoyalar va madaniyat haqidagi mulohazalar ayolning xotiralari orqali ochib beriladi. Tomoshabinlar u bilan birga ICHKARI ichkarisiga sayohat qiladi.
Audiospektaklni o‘zbek, rus va ingliz tillarida tinglash mumkin. Davomiyligi — 2 soat.
Chipta narxi: 60 000 so‘m.
