Toshkentda dam olish kunlari harorat +25° gacha pasayishi kutilmoqda
E’lon qilingan sana: · 102

26 va 27-sentyabr kunlari Toshkentda dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi.
26-sentyabr, shanba kuni kunduzi quyoshli ob-havo kuzatilib, havo harorati +27° gacha pasayadi. Kechasi kam bulutli ob-havo bo‘ladi, harorat +14° gacha tushadi.
Yakshanba kuni kunduzi quyoshli ob-havo va haroratning +25° gacha pasayishi prognoz qilinmoqda. Dushanbaga o‘tar kechasi asosan bulutli ob-havo kutiladi, harorat +14° gacha pasayadi.