Anons

Yevropa tillari kuni

E’lon qilingan sana: · 55
Yevropa tillari kuni

Toshkentda Yevropa tillari kuniga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Kunduzi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tillar taqdimotlari, interaktiv mashg‘ulotlar hamda turli mamlakatlar madaniyati bilan tanishish, o‘yinlar va viktorinalarda ishtirok etish imkonini beruvchi “Tillar yarmarkasi” tashkil etiladi.

Kechqurun dastur Gyote institutida davom etadi: SpeakEasy Night doirasida qisqa metrajli film namoyish etiladi, til stollari, o‘yinlar, speed networking va DJ set tashkil qilinadi. Tadbirlar EUNIC doirasida o‘tkaziladi va Yevropa tillari hamda madaniyatlariga qiziqadigan barcha uchun ochiq.

Kirish bepul.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling