Shahar atrofi poyezdlariga chipta xarid qilish uchun ilova ishga tushirildi

E’lon qilingan sana: · 117
Shahar atrofi poyezdlariga chipta xarid qilish uchun ilova ishga tushirildi

Toshkent viloyatida shahar atrofi poyezdlari yo‘lovchilari uchun ElektroPoyezd mobil ilovasi ishlab chiqildi. U orqali kerakli yo‘nalishni tanlash, poyezdlar jadvali haqida ma’lumot olish va chiptalarni onlayn xarid qilish mumkin.

Elektron chipta QR-kodni o‘z ichiga oladi. Uni internetga ulanmagan holda ham nazoratchiga ko‘rsatish mumkin. Bir martalik chiptalardan tashqari, ilova orqali shahar atrofi poyezdlariga bir oydan bir yilgacha muddatga abonement ham xarid qilish mumkin.

Ilovada quyidagi imkoniyatlar mavjud:

  • yo‘nalishni tanlash;
  • poyezdlar jadvali haqida ma’lumot olish;
  • mos poyezdni izlash;
  • chiptani onlayn xarid qilish.

ElektroPoyezd ilovasi Android 8.0 va undan yangi versiyadagi qurilmalar hamda iOS 15 va undan yangi versiyalar uchun mavjud.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling