Sentyabr oxiri va oktyabr boshida poytaxtda yomg‘ir yog‘adi

E’lon qilingan sana: · 64
Sentyabr oxiri va oktyabr boshida poytaxtda yomg‘ir yog‘adi

28-sentyabrdan 2-oktyabrgacha Toshkentda ish haftasi uchun ob-havo prognozi.

Dushanba kuni kunduzi kam bulutli ob-havo kuzatilib, havo harorati +25° gacha ko‘tariladi. Kechasi osmon ochiq bo‘ladi va harorat +15° gacha pasayadi.

29-sentyabr kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo va +27° gacha isish prognoz qilinmoqda. Kechasi kam bulutli ob-havo kuzatiladi, tutun hosil bo‘lishi sababli ko‘rish masofasi qisqaradi va harorat +15° gacha tushadi.

Chorshanba kuni kunduzi jala yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda (yomg‘ir ehtimoli — 50%), havo harorati esa +22° gacha ko‘tariladi. Kechasi ham jala yomg‘irlar yog‘ishi (yomg‘ir ehtimoli — 50%), ko‘rish masofasi qisqarishi va harorat +15° gacha pasayishi prognoz qilinmoqda.

1-oktyabr kuni kunduzi jala yomg‘irlar kutilmoqda (yomg‘ir ehtimoli — 40%) va harorat +21° gacha ko‘tariladi. Kechasi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo, ko‘rish masofasining qisqarishi va haroratning +13° gacha pasayishi kutilmoqda.

Juma kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo va +26° gacha isish prognoz qilinmoqda. Shanbaga o‘tar kechasi kam bulutli ob-havo, ko‘rish masofasining qisqarishi va haroratning +16° gacha pasayishi kutiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling