Toshkent metrosidan foydalangan 1 200 000-yo‘lovchiga bir yillik bepul transport kartasi berildi

E’lon qilingan sana: · 118
Toshkent metrosidan foydalangan 1 200 000-yo‘lovchiga bir yillik bepul transport kartasi berildi

Toshkent metropolitenida 28-sentyabr kuni tarixiy natija qayd etildi. Bir kun davomida ilk bor 1 200 124 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi.

Shu munosabat bilan metropoliten ma’muriyati 1 200 000-yo‘lovchini aniqlash bo‘yicha maxsus tadbir tashkil etdi. Natijada ushbu ko‘rsatkichni qayd etgan yo‘lovchi aniqlandi.

Unga metro jamoasi nomidan esdalik sovg‘asi hamda bir yil davomida jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport to‘lov kartasi topshirildi.

Metropoliten ma’muriyatiga ko‘ra, qayd etilgan natija Toshkent aholisi va mehmonlarining metro xizmatlariga bo‘lgan talabi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling