Toshkentda yangi 29M yo‘nalishli taksi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana: · 415
Toshkentda yangi 29M yo‘nalishli taksi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

5-oktyabrdan Toshkentda “Zarafshon mahallasi — Chilonzor metrosi” yo‘nalishida yangi 29M-sonli yo‘nalishli taksi qatnovi boshlanadi.

Yo‘nalishda “Tex logistik biznes” MChJ tomonidan 5 ta yangi JAC Sunray rusumli zamonaviy transport vositasi xizmat ko‘rsatadi.

Harakat yo‘nalishi: Zarafshon mahallasi — Uchtepa ko‘chasi — Y. Sakkokiy ko‘chasi — KHAY — Chilonzor metrosi.

Yangi yo‘nalish Zarafshon mahallasi va unga tutash hududlar aholisi uchun Chilonzor metrosiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetib borish imkonini yaratadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling