“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida dron-shou o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana: · 159
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida dron-shou o‘tkaziladi

2-oktyabr, juma kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida FIDE 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy g‘alabasi sharafiga dron-shou bo‘lib o‘tadi.

Shou soat 20:00 da boshlanadi. Tadbirga kirish bepul.

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, tadbir vaqtida yo‘llar yopilmaydi — transport odatdagi rejimda harakatlanishda davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling