Qashqadaryoda Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan ot sporti musobaqalari o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana: · 280
Qashqadaryoda Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan ot sporti musobaqalari o‘tkaziladi

Mehmonlar an’anaviy milliy ot o‘yinlari, uloq-ko‘pkari va olomon uloq poygalarini tomosha qilishi, shuningdek, o‘zbek ot zotlaridan biri bo‘lgan qorabayir otlari bilan tanishishi mumkin.

5−6-oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Qorabayir” ot sporti majmuasida Sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston otlari” ot sporti musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Tadbir doirasida, shuningdek:

  • “O‘zbekiston otlari” ko‘rgazmasi — noyob va nasldor qorabayir otlari namoyishi;
  • madaniy meros, hunarmandchilik va an’analar ko‘rgazmasi;
  • “Amir Temur vataniga sayohat” turistik yo‘nalishi taqdimoti;
  • Yakkabog‘ tumanining tarixiy va tabiiy diqqatga sazovor joylariga tashrif tashkil etiladi.

Boshlanish vaqti: 17:00.

Manzil: “Qorabayir” ot sporti majmuasi, Yakkabog‘ tumani, Qashqadaryo viloyati.

Kirish bepul.

Tadbirda ishtirok etish uchun otlarfest.uz/reg sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Qo‘shimcha ma’lumot kashkadaryatourism.uz sayti va (+998) 93−006−7098 telefoni orqali taqdim etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling