O‘zbekistonda ob-havoning keskin o‘zgarib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

3-oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4−5-oktyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Shu sababli mamlakat bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
3−4-oktyabr kunlari shimoliy va cho‘l hududlarda, 4−5-oktyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda yomg‘ir kuchli bo‘lishi, baland tog‘larda esa qor yog‘ishiga aylanishi mumkin.
Havo harorati kunduz kunlari 15−20° gacha, kechalari 5−10° gacha pasayadi. Shimoliy hududlarda esa kunduzgi harorat 12−17°, kechasi 2−7° gacha tushishi kutilmoqda.
3−4-oktyabr kunlari ayrim joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayadi, ba’zi hududlarda chang-to‘zonlar bilan 20−22 m/s gacha yetishi mumkin. 5−6-oktyabr kunlari respublikaning ayrim hududlariga tuman tushishi prognoz qilinmoqda.