Toshkentda 10-19-oktyabr kunlari Classic Music Fest bo‘lib o‘tadi. To‘liq dastur

Oktyabr oyida Toshkent o‘n kun davomida xalqaro klassik musiqa festivali — Classic Music Fest’ga mezbonlik qiladi. Konsertlarda turli mamlakatlardan taniqli ijrochilar va dirijyorlar ishtirok etadi. Ularning chiqishlariga O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri hamrohlik qiladi.
Festival 10-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ochiladi. Qolgan konsertlar Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tadi. Jami to‘qqizta musiqiy dastur rejalashtirilgan. Unda Dvorjak, Betxoven va Chaykovskiy asarlaridan tortib, zamonaviy bastakorlar ijodigacha bo‘lgan asarlar ijro etiladi.
Classic Music Fest 2026 dasturi
“Yangi dunyodan”
10-oktyabr, 19:00
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
- Antonin Dvorjak — 9-sonli “Yangi dunyodan” simfoniyasi.
- Aleksey Shor — skripka, alt va orkestr uchun konsert.
Solistlar: Aleksandra Tirso (skripka), Devid Aaron Karpenter (alt).
Dirijyor: Gergay Madarash.
“Egmont”
11-oktyabr, 19:00
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri
- Lyudvig van Betxoven — “Egmont”.
- Aleksey Shor — skripka va violonchel uchun konsert.
- Pyotr Ilich Chaykovskiy — 5-sonli simfoniya.
Solistlar: Sergey Dogadin (skripka), Ish’tvan Vardai (violonchel).
Dirijyor: Xose Salazar.
“Bolero”
12-oktyabr, 19:00
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri
- Moris Ravel — “Bolero”.
- Pol Dyuka — “Jodugar shogirdi”.
- Aleksey Shor — violonchel uchun “Musiqiy ziyorat” nomli birinchi konsert.
Solist: Stiven Isserlis (violonchel).
Dirijyor: Lionel Brengye.
“Verdiana”
14-oktyabr, 19:00
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri
- Aleksey Shor — to‘rt qo‘l uchun fortepiano va orkestrga mo‘ljallangan “Verdiana”.
- Kamil Sen-Sans — “Hayvonlar karnavali”.
Solistlar: ST-Duo — Sofya Saxnova va Antonina Luzko (fortepiano).
Dirijyor: Alibek Kabduraxmonov.
Motsart. “Xaffner”
15-oktyabr, 19:00
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri
- Volfgang Amadey Motsart — 35-sonli “Xaffner” simfoniyasi.
- Volfgang Amadey Motsart — fleyta va orkestr uchun 1-sonli konsert.
- Aleksey Shor — fortepiano va orkestr uchun “Bolalik xotiralari” nomli uchinchi syuita.
Solistlar: Ekvon Sunvu (fortepiano), Tommazo Bencholini (fleyta).
Dirijyor: Yoxann Gusman.
Chaykovskiy. 4-sonli simfoniya
16-oktabr, 19:00
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri
- Pyotr Ilich Chaykovskiy — 4-sonli simfoniya.
- Aleksey Shor — 7-sonli skripka uchun konsert.
Solist: Nikita Boris-Glebskiy (skripka).
Dirijyor: Rodrigo Samano Albarran.
“Patetik”
17-oktyabr, 19:00
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri
- Pyotr Ilich Chaykovskiy — 6-sonli “Patetik” simfoniyasi.
- Aleksey Shor — re minor uchun violonchelga mo‘ljallangan uchinchi konsert.
Solist: Edgar Moro (violonchel).
Dirijyor: Epifanio Komis.
Mendelson. 1-sonli fortepiano triosi
18-oktyabr, 19:00
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri
- Feliks Mendelson-Bartoldi — 1-sonli fortepiano triosi.
- Aleksey Shor — 2-sonli fortepiano triosi.
Solistlar: Filipp Kopachevskiy (fortepiano), Aleksandr Ramm (violonchel), Gayk Kazazyan (skripka).
Brams. 4-simfoniya
19-oktyabr, soat 19:00
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri
- Mixail Glinka — “Ruslan va Lyudmila” operasi uchun uvertura.
- Aleksey Shor — skripka va violonchel uchun konsert.
- Iogannes Brams — 4-sonli simfoniya.
Solistlar: Gayk Kazazyan (skripka), Aleksandr Ramm (violonchel).
Dirijyor: Martin Panteleyev.