Tashwell: sotuvlarning ikkinchi bosqichi boshlandi - 5 mln so‘mdan boshlanadigan 48 oygacha muddatli to‘lov

Tashwell O‘zbekistondagi wellness konsepsiyasiga asoslangan ilk turar joy loyihasining ikkinchi bosqichini sotuvga chiqardi. Yangi bosqichda xonadonlar uchun 48 oygacha bo‘lib to‘lash va oyiga 5 mln so‘mdan boshlanadigan to‘lov shartlari taklif etilmoqda.
Toshkentning Yakkasaroy tumanida qad rostlayotgan va O‘zbekistonning wellness konsepsiyasiga yo‘naltirilgan ilk turar joy loyihasi bo‘lgan Tashwell birinchi bosqichdagi sotuvlarni yakunladi. A1 va B1 bloklaridagi barcha xonadonlar sotildi, B2 blokining sotuvga chiqarilishi bilan loyihaning ikkinchi bosqichi boshlandi.
Koç Construction tomonidan ishlab chiqilgan loyihaning yangi bosqichida 48 oygacha muddatli to‘lov va oyiga 5 million so‘mdan boshlanadigan bo‘lib to‘lash imkoniyati taqdim etilmoqda, mazkur aksiya uzoq muddatli to‘lov rejasi asosida uy-joyga ega bo‘lishni istagan xaridorlar uchun ishlab chiqilgan.

Wellness konsepsiyasiga yuqori talab
Tashwell sotuvga chiqarilgan kundan buyon Toshkent ko‘chmas mulk bozorida eng ko‘p muhokama qilinayotgan loyihalardan biriga aylandi. Birinchi bosqichda sotuvga chiqarilgan A1 va B1 bloklaridagi xonadonlarning barchasi qisqa muddatda sotilgani shaharda shunchaki uy-joy emas, balki hayot tarzi izlayotgan xaridorlar segmentida talab ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Tashwell’ni o‘xshash loyihalardan ajratib turadigan jihat shundaki, unda sog‘lom turmush tarzi oddiy ijtimoiy infratuzilma elementi sifatida emas, balki me’moriy rejalashtirishdan tortib landshaft, materiallar tanlovi va ijtimoiy hududlarning tashkil etilishigacha bo‘lgan yaxlit hayot tarzi sifatida ko‘rib chiqilgan. Birinchi bosqichga bildirilgan yuqori qiziqish ushbu yondashuv Toshkentda o‘z aksini topayotganini ko‘rsatmoqda.
“Kelajakdagi moliyalashtirish dinamikasini to‘g‘ri anglagan xaridorlar yutadi”, — dedi Koç Construction direktorlar kengashi raisi Yusuf Sarikoch.

Ko‘chmas mulk sohasida to‘lov va muddat shartlari qayta shakllanayotgan, bozor dinamikasi hamda moliyalashtirish imkoniyatlari o‘zgarayotgan bir davrda Tashwell xaridorlarga uzoq muddatli va oldindan prognoz qilinadigan to‘lov modelini taklif etib, sohadagi umumiy tendensiyadan farq qilmoqda.
Sohadagi ushbu o‘zgarishlar va ikkinchi bosqichda taklif etilayotgan moliyalashtirish modeliga baho berar ekan, Koç Construction direktorlar kengashi raisi Yusuf Sarikoch uy-joy bozorida moslashuvchan to‘lov imkoniyatlari yaqin kelajakda hozirgi darajada saqlanib qolmasligi mumkinligiga e’tibor qaratib, quyidagilarni ma’lum qildi:
“Ko‘chmas mulk sohasida global va mahalliy dinamikalar tez sur’atlar bilan o‘zgarib bormoqda. Yaqin kelajakda bozor sharoitlari taqozosiga ko‘ra, uzoq muddatli to‘lov rejalariga va bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha moslashuvchan shartlarga ega bo‘lish bugungidek oson bo‘lmasligi mumkin. Koç Construction sifatida biz bozordagi ushbu o‘zgarishlar yo‘nalishini oldindan ko‘rdik va shartlar o‘zgarishidan avval investorlarimizga uzoq muddatli va kam miqdordagi bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘lovlari asosidagi reja taklif etishni istadik. Ikkinchi bosqichda taqdim etayotgan 48 oygacha bo‘lgan muddat va oyiga 5 million so‘mdan boshlanadigan to‘lov modeli Toshkentda uy-joyga ega bo‘lishni istaganlar uchun tom ma’noda kelajakka yo‘naltirilgan kafolatdir. Aksiya kommunikatsiyamizda ta’kidlayotgan „Erta anglagan yutadi“ va „Tezkor harakat qilgan yutadi“ shiorlari shunchaki shior emas; ular bugungi sharoitdagi iste’molchi voqeligiga ishora qiladi. Kelajak va uning salohiyatini oldindan anglagan yondashuv kabi, shartlar o‘zgarishidan avval tezkor harakat qilgan xaridorlar ham ushbu davrda eng ko‘p manfaat ko‘radiganlar bo‘ladi. Ikkinchi bosqichimiz bilan birgalikda nihoyatda qulay moliyalashtirish imkoniyatlarini ham, wellness konsepsiyasiga yo‘naltirilgan sifatli hayot tarzini ham birgalikda taklif etmoqdamiz”.

Aksiya doirasidagi 48 oygacha bo‘lgan muddatli to‘lov va oyiga 5 million so‘mdan boshlanadigan bo‘lib to‘lash imkoniyati cheklangan muddat va cheklangan miqdordagi B2 blokidagi xonadonlar uchun amal qiladi.

Toshkentda yangi hayot modeli
Taxminan 30 545 kv m maydonda joylashgan Tashwell 22 900 kv m lik landshaft hududi bilan Toshkentdagi eng katta yashil hududga ega loyihalardan biridir. Piyoda va yugurish yo‘laklari, hovuzlar, aromatik bog‘lar hamda ochiq sport maydonlari shahar markazida keng va osoyishta muhit yaratadi. Loyihaning markazida joylashgan 1000 kv m lik Wellness Center hududida yopiq suzish havzasi, hammom, sauna, bug‘ xonasi, fitnes va pilates zonalari mavjud. Tashwell turar joyni shunchaki jismoniy makon sifatida emas, balki ijtimoiy hududlar, ochiq havodagi faoliyatlar va w imkoniyatlari bilan uyg‘unlashgan hayot modeli sifatida ta’riflaydi.
Koç Construction kafolati
O‘zbekistonning yetakchi ko‘chmas mulk ishlab chiquvchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan Koç Construction turar joy va ofis loyihalaridan tashqari, tijorat binolari, savdo markazlari, mehmonxonalar va jamoat loyihalaridagi tajribasi bilan mustahkam referens portfeliga ega. Tashwell loyihasi Koç Construction va Tashwell Group kafolati ostida yuqori sifat standartlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Loyiha haqida
Toshkentning Yakkasaroy tumanida amalga oshirilayotgan Tashwell loyihasi jami beshta blok — A1, A2, B1, B2 va C bloklari hamda bitta Wellness Cyenterdan iborat. Loyihada 1+0, 1+1, 2+1, 3+1 va 4+1 xonadon variantlari mavjud bo‘lib, qariyb uch gektarlik loyiha hududining 22 900 kv m qismi landshaft hududiga ajratilgan.
Cheklangan miqdordagi xonadonlar va cheklangan muddatdagi aksiya doirasida 48 oygacha bo‘lgan muddat hamda oyiga 5 million so‘mdan boshlanadigan bo‘lib to‘lash sharti asosida Tashwell’dan joyni band qilish mumkin.
Telefon: (+998) 78−777−24−24.
Sayt: tashwell.uz
Instagram: @tashwell.uz
Reklama huquqlari asosida.