Poytaxtda havo +26° gacha isiydi

E’lon qilingan sana: · 38
Poytaxtda havo +26° gacha isiydi
Foto: Евгений Сорочин

5−9-oktyabr kunlari Toshkentda ish haftasi uchun ob-havo prognozi.

Dushanba kuni kunduzi kam bulutli ob-havo kuzatilib, havo harorati +17° gacha ko‘tariladi. Kechasi esa kam bulutli ob-havo, tutun hosil bo‘lishi sababli ko‘rish masofasining qisqarishi va haroratning +9° gacha pasayishi kutilmoqda.

6-oktyabr kuni kunduzi kam bulutli ob-havo va haroratning +20° gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Kechasi kam bulutli ob-havo, ko‘rish masofasining qisqarishi va haroratning +9° gacha pasayishi kutiladi.

Chorshanba kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo va +23° gacha isish prognoz qilinmoqda. Kechasi esa o‘zgaruvchan bulutli ob-havo, ko‘rish masofasining qisqarishi va haroratning +13° gacha pasayishi kutiladi.

8-oktyabr kuni kunduzi kam bulutli ob-havo kuzatilib, havo harorati +25° gacha ko‘tariladi. Kechasi kam bulutli ob-havo, ko‘rish masofasining qisqarishi va haroratning +14° gacha pasayishi kutilmoqda.

Juma kuni kunduzi kam bulutli ob-havo va +26° gacha isish prognoz qilinmoqda. Shanbaga o‘tar kechasi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo, tutun hosil bo‘lishi sababli ko‘rish masofasining qisqarishi va haroratning +14° gacha pasayishi kutiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling