MrBeast bilan uchrashuv

Toshkentda dunyoning eng mashhur YouTube blogeri MrBeast bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu uning Markaziy Osiyoga ilk safaridir.
MrBeast (Jimmi Donaldson) katta videolar, chellenjlar va yirik pul mukofotlari bilan tanilgan bo‘lib, asosiy YouTube kanalida 520 millionga yaqin obunachiga ega. Uchrashuvda ishtirokchilarni bloger bilan muloqot, o‘yinlar, viktorinalar va sovg‘alar kutmoqda. Uchrashuv O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladi.
Uchrashuvda faqat 18 yoshdan oshgan 200 kishi ishtirok eta oladi; ular roʻyxatdan oʻtganlar orasidan tasodifiy tanlab olinadi.
Roʻyxatdan oʻtish 8-oktabr kuni soat 12:00 gacha ochiq boʻladi. Sizga pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat, elektron pochta manzili va telefon raqami kerak boʻladi. Tanlangan ishtirokchilar tadbir tafsilotlari va shaxsiy QR kodli elektron pochta xabarini oladi. Mehmon bilan kelish, joyni kimgadir berish yoki sotish mumkin emas.
Kirish bepul, ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish shart.