Toshkentdagi Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi

E’lon qilingan sana: · 156
Toshkentdagi Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi

Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy ko‘chasining 700 metr qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmari xabar berdi.

Harakat quyidagi vaqtlarda cheklanadi:

  • 7-oktabr, 22:00 dan 8-oktabr, 06:00 gacha;
  • 8-oktabr, 22:00 dan 9-oktabr, 06:00 gacha;
  • 9-oktabr, 15:00 dan 11-oktabr, 00:00 gacha.

Shu munosabat bilan 69 va 77-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakat sxemasiga vaqtincha o‘zgartirish kiritiladi.

69-sonli “Toshkent vokzali — Karvon bozori” yo‘nalishi:

  • Toshkent vokzali → Karvon bozori: Zargarlik ko‘chasi orqali.
  • Karvon bozori → Toshkent vokzali: Zargarlik ko‘chasi → Qatortol-2 ko‘chasi → Al-Xorazmiy ko‘chasi orqali.

77-sonli “Chilonzor mavzesi 25-daha — Mahalliy aeroporti-3” yo‘nalishi:

  • Borish va qaytish yo‘nalishlarida: Zargarlik ko‘chasi va Qatortol-2 ko‘chasi orqali harakatlanadi.

Shuningdek, boshqarma vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, safarlarni oldindan rejalashtirishni soʻradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling