Misr 1-noyabrdan Oʻzbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini kuchaytiradi

E’lon qilingan sana: · 207
Misr 1-noyabrdan Oʻzbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini kuchaytiradi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Misrga borish uchun mamlakatning diplomatik vakolatxonalari orqali oldindan viza rasmiylashtirishi talab etiladi. Turistik sayohatlar vakolatli turoperatorlar orqali tashkil etilishi kerak.

Shuningdek, moliyaviy va yoshga oid talablar ham joriy etiladi:

  • 40 yoshgacha bo‘lganlar — faqat yaqin qarindoshlari bilan sayohat qilishi va har bir oila uchun kamida 5000 dollar naqd pulga ega bo‘lishi kerak;
  • 40 yoshdan oshganlar — mustaqil sayohat qilganda kamida 3000 dollar naqd pulga ega bo‘lishi kerak.

Mamlakatga kirishda mehmonxona band qilinganini tasdiqlovchi hujjat, mobil aloqa uchun ma’lumotlar hamda yetarli moliyaviy mablag‘ mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinadi.

Misrda bo‘lish davomida turistik vizani boshqa turdagi vizaga o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydi.

Zarur hujjatlarga ega bo‘lmagan yo‘lovchilar mamlakatga kiritilmasligi va ular Misrga olib kelgan aviakompaniya tomonidan ortga qaytarilishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling