Anons

Toshkentning modernistik binolari boʻylab piyoda ekskursiya

E’lon qilingan sana: · 421
Toshkentning modernistik binolari boʻylab piyoda ekskursiya

Toshkentdagi seysmik modernizm uslubida qurilgan binolar bo‘ylab piyoda ekskursiya “O‘zbekiston” mehmonxonasidan boshlanadi. Ishtirokchilar mehmonxona zinapoyalarida yig‘iladi.

Muallif ekskursiyani me’moriy-tarixiy stendap deb ataydi. Unda Toshkent tarixi me’morlarning ambitsiyalari, binolar aholisining sirlari va shahar folklori orqali hikoya qilinadi. Zerikarli akademik ma’ruzalarsiz — faqat faktlar va ironiya. Yo‘nalishdan “O‘zbekiston” mehmonxonasi, “Zarafshon” restorani, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, tahririyat-nashriyot majmuasi, Rassomlar uyushmasi ko‘rgazmalar zali, SUM, “Moviy gumbazlar” kafesi va “Marvarid” eksperimental turar joy binosi o‘rin olgan. Yo‘l davomida qahva ichish uchun tanaffus ham rejalashtirilgan.

Bu marshrutning birinchi qismi, davomiyligi 2,5−3 soat.

Zaryadlangan smartfon (arxiv fotosuratlar loyihaning Telegram kanalida marshrut boʻylab koʻrsatiladi), qulay poyabzal va suv olib kelish tavsiya etiladi.

Ishtirok etish shartlari va narxlar haqida gidning Telegram kanalida ma’lumot olish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish uchun oldindan to‘lov talab etiladi.

Jadval

10-oktabr
11:00
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling