Dam olish kunlari ba'zi hududlarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana: · 183
Dam olish kunlari ba'zi hududlarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

9−10 oktyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati kechasi +10…+15 daraja, kunduzi esa +25…+27 daraja, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +29…+32 darajagacha bo‘ladi.

10-oktyabr kuni kechqurun nam havo massalari kirib kelishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shuningdek, 11-oktyabr, yakshanba kuni nam havo massalari O‘zbekistonning qolgan hududlariga tarqaladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida cho‘l hududlarda va respublika janubida, kechqurun markaziy hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Aksariyat viloyatlarda iliq ob-havo kuzatiladi. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida harorat +18…+23 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari +13…+15 daraja, kunduz kunlari +25…+27 daraja bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling