Toshkentda beshta avtobus yoʻnalishi oʻzgartirildi
E’lon qilingan sana: · 86

Shahrisabz ko‘chasida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lak qurilishi munosabati bilan Shahrisabz va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida chapga burilish vaqtincha cheklandi.
Shu sababli markaz tomondan harakatlanuvchi 2, 26, 37, 68 va 93-avtobuslar harakati o‘zgartirildi. Ular vaqtincha Shahrisabz, Maxtumquli va Sodiq Azimov ko‘chalari boʻylab bir tomonlama qatnovlarni amalga oshiradi.

Shuningdek, hududda avtomobillar oqimi ko‘payishi oqibatida tirbandliklar yuzaga kelishi mumkinligi haqida aholi ogohlantirilmoqda. Bu avtobuslar harakati oraliqlarining uzayishiga va yo‘nalishlarning qo‘shimcha o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Yo‘lovchilarga safarlarni oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.