Hafta davomida kuchli yomgʻirdan keyin harorat +25° gacha koʻtarilishi kutilmoqda

12−16-oktyabr kunlari Toshkentda kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi.
Dushanba kuni kunduzi kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda (yog‘ingarchilik ehtimoli 60%). Havo harorati +18 darajagacha chiqadi. Kechasi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatilib, tuman tufayli ko‘rish masofasi qisqaradi. Harorat +13 darajagacha pasayadi.
13-oktyabr kuni havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +24 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi ham biroz bulutli ob-havo kuzatilib, ko‘rish masofasi qisqaradi va harorat +13 darajagacha pasayadi.
Chorshanba kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +24 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi ham biroz bulutli ob-havo kuzatilib, ko‘rish masofasi qisqaradi va harorat +13 darajagacha pasayadi.
15-oktyabr kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +25 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi ham biroz bulutli ob-havo kuzatilib, tuman tufayli ko‘rish masofasi qisqaradi va harorat +12 darajagacha pasayadi.
Juma kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +24 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shanbaga o‘tar kechasi ham biroz bulutli ob-havo kuzatilib, ko‘rish masofasi qisqaradi va harorat +12 darajagacha pasayadi.