Vatan Qurilish uylarni o‘z vaqtida topshirdi va 3000 oila uchun yangi uy bayramini uyushtirdi

“Yangi Qo‘yliq 1” majmuasida 3000 oila kalitlarni va’da qilingan muddatda qo‘lga oldi. Vatan Qurilish kompaniyasi esa navbatdagi loyiha — “Yangi Qo‘yliq 2”da yana 3500 ta xonadon qurmoqda.
Konsert, sovg‘alar, aksiya g‘olibi uchun Cobalt va finalda mushakbozlik — Vatan Qurilish kompaniyasi “Yangi Qo‘yliq 1"da kalitlarni topshirishni shunday nishonladi. Ko‘plab xaridorlar o‘z xonadonlarini yillab kutayotgan bir paytda, 3000 oila kalitlarni va’da qilingan muddatda qo‘lga oldi, quruvchining “Yangi Qo‘yliq 1” loyihasidagi xonadonlar esa to‘liq sotib bo‘lindi.
Yangi uy egalaridan kimgadir xonadon nevarasiga sovg‘a bo‘ldi, kimgadir ishxonasidan bir necha daqiqalik masofada yashash imkonini berdi, ammo barchasi bir fikrda edi: va’da qilingan kalitlar o‘z vaqtida olindi.

“Yangi Qo‘yliq 1”: oilalar uchun yashil hudud
10 000 xonadon — va bu birinchi loyiha emas
“Yangi Qo‘yliq” kompaniyaning ilk loyihasi emas. Bugungi kunga qadar Vatan Qurilish kompaniyasi poytaxtning turli tumanlarida 10 000 dan ortiq xonadonni egalariga topshirgan.
Yakkasaroy tumani:
- “Yakkasaroy” turar joy majmuasi (2015);
- “Madrid” turar joy majmuasi (2019);
- Yakkasaroy City Mall (2023).
Yunusobod tumani:
- “IKAT” turar joy majmuasi (2024).
Kompaniya, shuningdek, “Qo‘yliq katta bozori"ni ham qurgan.

Vatan Qurilish kompaniyasi tomonidan qurilgan va egalariga topshirilgan turar joy majmualari
Sovrinli bayram
Kalitlarni topshirish konsert bilan o‘tdi, dastur esa mushakbozlik bilan yakunlandi. Mijozlar aksiyalari g‘oliblariga Cobalt, bir xonali uy, maishiy texnika va pul mukofotlari topshirildi.

Xojimurod Xayitmuradov Vatan Qurilish kompaniyasi asoschisi va rahbari Xojimurod Xayitmuradov
Kompaniya rahbari Xojimurod Xayitmuradovning ma’lum qilishicha, kadastr hujjatlari 2026-yilning aprel oyidayoq olingan — yangi aholi mulkni darhol rasmiylashtirishi mumkin.
Yaqin atrofda nimalar bor
“Yangi Qo‘yliq” taxminan 53 gektar maydonni egallaydi va Yangi Toshkent yaqinida joylashgan. Piyoda yetib boriladigan masofada — “Qo‘yliq katta bozori”, Food City va do‘konlar. Hududni rivojlantirish rejalarida — maktab, bolalar bog‘chasi, shifoxona, savdo markazi va amfiteatr.
Ulgurmaganlar uchun
Vatan Qurilish kompaniyasi yangi xonadonlarni “Yangi Qo‘yliq 2"da taklif qiladi, u yerda yana 3500 ta xonadon qurilmoqda: kvadrat metri 7 000 000 so‘mdan, oylik to‘lov 4 000 000 so‘mdan va 40 oylik penya va jarimalarsiz muddatli to‘lov. To‘liq to‘lovda — 33% gacha chegirma.
Agar kompaniya xonadonni o‘z vaqtida topshirmasa, xaridorga 40% gacha jarima to‘lash majburiyatini oladi. Hisob-kitob tartibi shartnomada mustahkamlab qo‘yilgan.

“Yangi Qo‘yliq 2” loyihasi
Qurilish Yangi Toshkentda ham, Hasanboyda ham davom etmoqda
Hozirda kompaniya yana ikkita majmuani barpo etmoqda:
- “Ostona” — Yangi Toshkentdagi biznes-klass turar-joy majmuasi. Topshirish muddati: 2027-yil IV chorak;
- “O‘rmon Saroyi” — Toshkent tumani, Hasanboydagi turar-joy majmuasi. Topshirish muddati: 2027-yil IV chorak.
Vatan Qurilish — 2013-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan oilaviy biznes. Qurilish jarayoni va yangi loyihalarni Xojimurod Xayitmuradovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib borish mumkin — u yerda u ishlar qanday borayotganini shaxsan ko‘rsatib boradi.
Telefon: (+998) 55−515−0100.
Instagram: @vatan.uzbekistan
Reklama huquqlari asosida.