Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
E’lon qilingan sana: · 278

Toshkentda 17−18oktyabr — dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
Shanba kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, tuman tushishi kutilmoqda. Harorat +24 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi ham havo biroz bulutli bo‘lib, tutun sababli ko‘rish masofasi qisqarishi mumkin. Harorat +11 darajagacha pasayadi.
Yakshanba kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo, tuman va +24 darajagacha isish prognoz qilinmoqda. Dushanbaga o‘tar kechasi havo biroz bulutli bo‘ladi, tutun sababli ko‘rish masofasi qisqarishi va harorat +10 darajagacha tushishi kutilmoqda.