Toshkentda hafta davomida harorat 25 darajagacha koʻtariladi

E’lon qilingan sana: · 25
Toshkentda hafta davomida harorat 25 darajagacha koʻtariladi
Foto: Yevgeniy Sorochin

19-oktyabrdan 23-oktyabrgacha boʻlgan ish haftasi uchun Toshkent shahrida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

Dushanba kuni kunduzi kam bulutli ob-havo, tuman va harorat +25 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi ham kam bulutlilik, tutun hosil bo‘lishi natijasida ko‘rinish qisqarishi va harorat +10 darajagacha pasayishi mumkin.

20-oktyabrda kunduzi kam bulutli ob-havo, tuman va haroratning +24 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi o‘zgaruvchan bulutlilik, tutun hosil bo‘lishi natijasida ko‘rinish darajasi kamayishi va +10 darajagacha pasayishi mumkin.

Chorshanba kuni kunduzi ob-havo o‘zgarib turadi va harorat +22 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi kam bulutlilik kuzatiladi, tutun hosil bo‘lishi natijasida ko‘rinish darajasi pasayadi va harorat +9 darajagacha tushadi.

22-oktyabr kuni kunduzi havo kam bulutli bo‘ladi va harorat +22 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi — o‘zgaruvchan bulutlilik, tutun hosil bo‘lishi natijasida ko‘rinish darajasi pasayishi va +8 darajagacha tushishi mumkin.

Juma kuni kunduzi havo kam bulutli bo‘ladi va harorat +20 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shanbaga o‘tar kechasi — kam bulutli ob-havo, tutun hosil bo‘lishi natijasida ko‘rinish darajasi pasayadi va +7 darajagacha tushadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling