Toshkentda maktab va bog‘chalar hududida mikroo‘rmonlar barpo etish rejalashtirilmoqda

10-noyabrdan Toshkent mahallalarida, ko‘p qavatli uylar oralig‘ida, maktab va bog‘chalar hududida mikroo‘rmonlar barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu boʻyicha 19-oktyabr kuni Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov qaror imzoladi.
Qayd etilishicha, buning uchun 200 dan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydonlarda har bir kvadrat kilometrga kamida ikkitadan daraxt va buta ko‘chatlarini zich qilib ekiladi.
Shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish uchun yer ajratishning imkoni bo‘lmagan yoki hududi asfalt va beton bilan qoplangan joylarda katta hajmli ko‘chat tuvaklarini o‘rnatish orqali kichik jamoat bog‘lari tashkil etiladi.
Ta’kidlanishicha, tuman hokimliklari va homiylar katta hajmli ko‘chat tuvaklari o‘rnatilishini, O‘rmon xo‘jaligi agentligi sifatli ko‘chatlar yetkazib berilishini, mahallalar esa aholi ishtirokida ularni ekish va parvarishlashni tashkil etishi kerak.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida daraxt va butalar ekishning kuzgi mavsumi 10-noyabrdan boshlanadi.