Anons

Motorfest 2026 Part II

E’lon qilingan sana: · 80
Motorfest 2026 Part II

CAEx koʻrgazmalar majmuasida Tashkent Motorfest 2026 Part II avtomobil festivali boʻlib oʻtmoqda.

Festival Automechanika Tashkent koʻrgazmasi bilan birgalikda oʻtkazilmoqda. Uch kun bitta maydonda: avtomobil brendlari va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilarining stendlari, tyuning va avtomobillar koʻrgazmasi, maxsus trek, BMW drift taksisi va Oʻzbekiston GT3 virtual poyga chempionatining uchinchi bosqichi. Konsertlar asosiy sahnada boʻlib oʻtadi va noyob avtomobil loyihalari egalari finalda taqdirlanadi. Shuningdek, fud-kortlar ham mavjud.

10 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun kirish bepul.

  • bir kunlik chipta — 150 000 soʻm;
  • uch kunlik chipta — 350 000 soʻm;
  • Uch kunlik VIP chipta — 700 000 soʻm.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling