Dam olish kunlari Toshkentda harorat +19 darajagacha boʻladi

E’lon qilingan sana: · 148
Dam olish kunlari Toshkentda harorat +19 darajagacha boʻladi

24−25 oktyabr kunlarida Toshkent shahrida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

Shanba kuni kunduzi havo kam bulutlilik kuzatiladi, harorat +18 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi ham kam bulutli ob-havo boʻladi, tutun hosil bo‘lishi natijasida koʻrish darajasi pasayadi. Harorat esa +5 darajagacha tushadi.

Yakshanba kuni kunduzi havo kam bulutli bo‘ladi va harorat +19 darajagacha ko‘tariladi. Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi havo kam bulutli bo‘ladi, tutun hosil bo‘lishi natijasida koʻrish darajasi pasayadi va +5 darajagacha tushadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling