Toshkentda BRT qurilishi sababli ikkita yo‘lda harakat cheklandi

E’lon qilingan sana: · 90
Toshkentda BRT qurilishi sababli ikkita yo‘lda harakat cheklandi
Foto: Nikita Davidov

Cheklovlar qatnov qismining markaziy qismiga ta’sir qiladi, qolgan bo‘laklar harakat uchun ochiq qoladi.

25-oktyabr kuni Toshkent shahrida Yangi Sergeli ko‘chasi va Amir Temur shoh ko‘chasida BRT avtobus yo‘laklarini qurish ishlari boshlandi.

Sergeli tumanida Yangi Sergeli ko‘chasining Choshtepa ko‘chasi bilan kesishmasidan SOUEAST xizmat ko‘rsatish markazigacha bo‘lgan 1 368 metr uzunlikdagi qismida quriladi.

Yunusobod tumanida Amir Temur shoh koʻchasining Ahmad Donish koʻchasi bilan kesishgan joydagi yoʻl oʻtkazgichdan Shahriston koʻchasi bilan kesishgan joygacha boʻlgan 1430 metrlik qismida qurilish ishlari olib boriladi.

Qurilish ishlari davomida ushbu hududlarda transport harakatida vaqtinchalik kechikishlar boʻlishi mumkin. Haydovchilarga sayohatlarini rejalashtirishda ushbu cheklovlarni hisobga olish, vaqtinchalik yoʻl belgilariga e’tibor berish va kerak boʻlganda muqobil yoʻnalishlarni tanlash tavsiya etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling