Toshkentda ish haftasi iliq boʻladi

E’lon qilingan sana: · 41
Toshkentda ish haftasi iliq boʻladi

Ish haftasi boʻlgan 26−30 oktyabr kunlari uchun Toshkent shahrida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

Dushanba kuni kunduzi havo kam bulutli bo‘ladi, harorat +20 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi ham kam bulutlilik, tutun hosil bo‘lishi natijasida ko‘rinish darajasi pasayadi va harorat +7 darajagacha tushadi.

27-oktyabr kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘ladi va harorat +21 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi — sezilarli bulutlilik, tutun hosil bo‘lishi natijasida ko‘rinish darajasining pasayishi va haroratning +10 darajagacha tushishi kuzatiladi.

Chorshanba kuni kunduzi bulutli ob-havo boʻladi, eng yuqori harorat 20 °C ga chiqadi. Kechasi esa havo ochiq boʻladi, tutun tufayli koʻrinish yomonlashadi va harorat 9 °C gacha tushadi.

29-oktabr kuni kunduzi havo qisman bulutli boʻlishi kutilmoqda, harorat esa 20 °C ga yetadi. Kechasi esa kam bulutlilik kuzatiladi, tutun tufayli koʻrinishning pasayishi va harorat 8 °C gacha tushishi kutilmoqda.

Juma kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlishi, harorat 20 °C ga yetishi kutilmoqda. Shanba kuni kechqurun ham havo biroz bulutli boʻlishi, tutun tufayli koʻrinishning pasayishi va harorat 8 °C gacha tushishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling