Bektemir tumanidagi cheklov sabab ayrim avtobuslar yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi

2026-yil 28-oktabrdan 30-oktabrga qadar Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi Ohangaron yo‘li ko‘chasida Chirchiq daryosi ustidan o‘tgan ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Shu sababli mazkur hudud orqali harakatlanuvchi 26, 54, 110, 170 va 174-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga bir tomonlama vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi.
Jumladan:
- 26-sonli yo‘nalish — Shohsanam ko‘chasidan Xonobodtepa shohko‘chasi, Bektemir yo‘li, H. Boyqaro va Rohat ko‘chalari orqali harakatlanadi;
- 54-sonli yo‘nalish — Shohsanam ko‘chasidan Xonobodtepa shohko‘chasi, Farg‘ona yo‘li va Munis ko‘chalari orqali harakatlanadi;
- 110-sonli yo‘nalish — Shohsanam ko‘chasidan Xonobodtepa shohko‘chasi va Bektemir yo‘li orqali harakatlanadi;
- 170-sonli yo‘nalish — avtobuslar harakati vaqtinchalik “Suvsoz mavzesi (Stadion)” bekatigacha qisqartiriladi;
- 174-sonli yo‘nalish — Beshariq ko‘chasidan Ohangaron shohko‘chasi, Yangi O‘zbekiston va Parkent yo‘li orqali harakatlanadi.

Qayd etilishicha, mazkur hududda transport oqimining ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Shu sababli avtobuslarning qatnov oraliq intervallari uzayishi hamda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, yo‘nalishlar harakatiga qoshimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Yo‘lovchilardan mazkur vaqtinchalik o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.