ERGO va THERKALO dizayn studiyasi Tashkent Design Week 2026 doirasida qo‘shma loyihasini taqdim etdi

E’lon qilingan sana: · 248
ERGO va THERKALO dizayn studiyasi Tashkent Design Week 2026 doirasida qo‘shma loyihasini taqdim etdi

“Toshkentning me’moriy kodi” loyihasi YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan poytaxtdagi beshta modernistik binoning shakllarini mebel va interyer buyumlarida aks ettiradi. Ushbu loyihani ERGO kompaniyasi THERKALO dizayn studiyasi bilan hamkorlikda tayyorlagan.

Tashkent Design Week 2026 doirasida ERGO kompaniyasi THERKALO arxitektura va dizayn studiyasi bilan hamkorlikda “Toshkentning me’moriy kodi” loyihasini taqdim etdi. Poytaxtning beshta mashhur binosi mebel va interyer dizayniga oid konsepsiyalar uchun ilhom manbaiga aylandi. Ularda me’moriy shakllar va naqshlar zamonaviy talqinda namoyon bo‘ldi.

26-oktabrdan 1-noyabrgacha poytaxtda Tashkent Design Week 2026 — me’morlar, dizaynerlar, ishlab chiqaruvchilar va kreativ soha vakillarini birlashtiruvchi xalqaro dizayn haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi dastur “Dizayn shaharni qanday o‘zgartiradi?” mavzusiga bag‘ishlangan.

Dizayn haftaligi doirasida taqdim etilgan loyihalardan biri — ERGO hamda THERKALO dizayn studiyasi asoschisi, dizayner Ulug‘bek Hayitov hamkorligida yaratilgan “Toshkentning me’moriy kodi” loyihasi.

Konsepsiya markazida XX asrning ikkinchi yarmiga oid Toshkent me’moriy merosi turadi. Mualliflar shahar me’morchiligining o‘ziga xos belgilaridan zamonaviy buyumlar dizaynida qanday foydalanish mumkinligini ko‘rsatish maqsadida modernizm uslubidagi binolarning shakllari, nisbatlari va bezak elementlarini o‘rgandi.

Beshta me’moriy timsol — beshta buyum konsepsiyasi

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi (1970) — kreslo.

Muzey binosining eng taniqli jihatlaridan biri — diagonal chiziqlar, romblar va uchburchaklar uyg‘unligiga asoslangan fasad panjaralarining geometrik naqshidir.

Ushbu naqsh zamonaviy ofis kreslosi konsepsiyasini yaratishda boshlang‘ich g‘oya bo‘ldi. Me’moriy motiv suyanchiq, bosh tayanchi va o‘rindiqning to‘rsimon qoplamasi naqshida yangicha talqin qilindi.

Mualliflar fasaddagi bezak elementini ish kreslosi dizaynining bir qismiga aylantirish orqali binoning o‘ziga xos qiyofasini ergonomika tamoyillari bilan uyg‘unlashtirishga intildi.

“Xalqlar do‘stligi” saroyi (1981) — interyer vazasi.

“Xalqlar do‘stligi” saroyining ifodali vertikal elementlari va qat’iy geometrik ritmi bilan ajralib turadigan mahobatli me’morchiligi haykaltaroshlik ruhidagi interyer vazasini yaratishga ilhom berdi.

Vaza shakli fasadga xos bo‘rtma, pog‘onasimon elementlar va vertikal chiziqlarni qayta talqin qilish asosida ishlab chiqildi.

Natijada yirik me’moriy shakllar zamonaviy interyerda mustaqil bezak aksenti bo‘la oladigan ixcham buyumga ko‘chirildi.

O‘zbekiston kino san’ati saroyi (1964) — jurnal stoli.

Sobiq “Panorama” kinoteatri noodatiy silindrsimon shakli va fasadidagi bir maromda takrorlanuvchi vertikal qovurg‘alari bilan ajralib turadi.

Aynan shu xususiyatlar jurnal stoli dizayniga asos bo‘ldi. Takrorlanuvchi me’moriy elementlar uning haykaltaroshlikni eslatuvchi siluetini shakllantirdi, binoning ravon geometriyasi esa buyum qiyofasini belgiladi.

Konsepsiya yirik jamoat binosining ifodali shaklini kundalik mebel o‘lchamiga moslashtirish va shu bilan birga uning taniqli me’moriy qiyofasini saqlab qolish mumkinligini ko‘rsatadi.

Toshkent davlat sirki (1975) — interyer to‘sig‘i.

Toshkent sirki bezak panjaralarining geometriyasi ham ilhom manbalaridan biri bo‘ldi.

To‘g‘ri chiziqlarning kesishuvi, to‘rtburchak elementlar va fasadning ritmik tuzilishi makonni zonalarga ajratishga mo‘ljallangan interyer to‘sig‘i dizaynida qayta talqin qilindi.

Hosil bo‘lgan grafik naqsh me’moriy motivni zamonaviy ofislar va jamoat interyerlariga olib kirish, funksional zonalar o‘rtasida ko‘zga tashlanadigan chegarani yaratish imkonini beradi.

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi (1974) — ofis shkafi.

Muzey fasadining kvadrat bo‘limlar takroriga asoslangan qat’iy modulli tuzilishi ofis shkafi konsepsiyasiga asos bo‘ldi.

Gorizontal va vertikal chiziqlar tizimi dastlabki me’moriy namunaning o‘ziga xos nisbatlari hamda ritmini saqlagan holda shkaf geometriyasiga ko‘chirildi.

Bu yondashuv sodda va aniq me’moriy kompozitsiyani dastlabki ilhom manbai bilan bog‘liqligini saqlagan holda funksional mebel yechimiga aylantirish mumkinligini ko‘rsatadi.

Me’morchilik va zamonaviy dizayn muloqoti

“Toshkentning me’moriy kodi” loyihasi ikki professional yo‘nalish — ERGO kompaniyasining ofis makonlarini kompleks jihozlash tajribasi hamda THERKALO studiyasining me’moriy shakl va buyumlar muhitiga dizaynerlik yondashuvi uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keldi.

Mebel yechimlari va ofislarni kompleks jihozlashga ixtisoslashgan ERGO uchun ushbu hamkorlik buyumlar dizaynidagi yangi yondashuvlarni hamda mahalliy me’moriy meros bilan ishlash imkoniyatlarini o‘rganishga xizmat qildi.

Ulug‘bek Hayitov va THERKALO studiyasining ishtiroki esa mashhur binolarga nafaqat tarixiy obidalar, balki zamonaviy interyerlar uchun shakl, nisbat va vizual yechimlar manbai sifatida qarash imkonini berdi.

Hamkorlikning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, me’morchilik o‘z tarixini shahar makonidan tashqarida ham — inson har kuni foydalanadigan buyumlar, makonlar va detallarda davom ettirishi mumkin.

Mahalliy o‘ziga xoslikka ega zamonaviy dizayn

O‘zbekistonda me’morchilik va kreativ sohalar rivojlanib borar ekan, o‘ziga xos, tanib olinadigan milliy dizayn tilini shakllantirish masalasi tobora dolzarb bo‘lmoqda.

ERGO va THERKALO hamkorligi bu yo‘nalishni rivojlantirishning mumkin bo‘lgan usullaridan birini — mahalliy me’moriy merosga murojaat qilish va uni zamonaviy talqin etishni taklif qiladi.

Loyihaning maqsadi tarixiy binolarning kichraytirilgan nusxalarini yaratish emas. Uning vazifasi — Toshkent me’morchiligiga xos elementlarni ajratib ko‘rsatish hamda ular buyumlar dizaynida qanday yangi vazifa va ma’no kasb etishini namoyish qilish.

“Toshkentning me’moriy kodi” madaniy meros nafaqat asrab-avaylash va o‘rganish obyekti, balki yangi ijodiy yechimlar manbai ham bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Beshta buyum konsepsiyasi orqali ERGO va THERKALO o‘tmish me’morchiligi shaharning taniqli qiyofasini saqlagan holda zamonaviy makonlarning bir qismiga aylanishi va mahalliy dizayn rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratish mumkinligini namoyon etadi.

Telefon: (+998) 55−508−55−55.
Toshkentdagi manzil: Islom Karimov ko‘chasi, 17-uy, Markaziy universal do‘kon (SUM), 3-qavat;
Samarqanddagi manzil: Beruniy ko‘chasi, 144-uy

Ыayt: ergo.uz
Instagram: @ergo.uz

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling