Toshkentning Olmazor tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda

E’lon qilingan sana: · 90
Toshkentning Olmazor tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda

Toshkentning Olmazor tumanidagi Keles yo‘li ko‘chasida sun’iy ko‘lga ega yangi bog‘ barpo etish rejalashtirilmoqda. Loyiha hududni obodonlashtirish, sayr yo‘laklari va velosiped yo‘lakchasini tashkil etishni nazarda tutadi.

Loyihaga ko‘ra, ko‘lning maydoni 5017 metr kvadrat, chuqurligi ikki metr, suv hajmi esa 10 000 metr kub bo‘ladi. Suv havzasi bo‘ylab piyodalar yo‘laklari, alohida velosiped yo‘lagi va o‘rindiqli dam olish maskanlari tashkil etiladi.

Piyodalar va velosiped yoʻllarining umumiy uzunligi ikki kilometrni tashkil etadi. Shuningdek, hududda 200 ta daraxt ekish rejalashtirilgan.

Tuman hokimiyati avvalroq parkni yaratish ishlari allaqachon boshlanganini xabar qilgan edi. Barcha eski daraxtlar asl joylarida saqlanib qoladi, ba’zi kichikroq daraxtlar esa mutaxassislar nazorati ostida qayta ekiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling