Dam olish kunlari harorat +21 garajagacha koʻtarilishi kutilmoqda
E’lon qilingan sana: · 168

31-oktyabr va 1-noyabr dam olish kunlari uchun Toshkent shahrida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
Shanba kuni kunduzi quyoshli ob-havo bo‘lishi va harorat +21 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi ham kam bulutlilik kuzatiladi, harorat +9 darajagacha pasayadi.
Yakshanba kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘ladi va harorat +21 darajagacha ko‘tariladi. Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi havo kam bulutli bo‘ladi, harorat +10 darajagacha pasayadi.