Uzum Avto to‘rtta avtomobilni 300 mln so‘mdan sotib oladi

1-noyabrdan 11-dekabrga qadar Uzum Avto “300 million so‘mlik avtomobil” aksiyasi o‘tkazadi. Servis avtomobil egalaridan to‘rtta haydalgan avtomobilni har birini 300 million so‘mdan — ularning bozor bo‘yicha qiymati va e’londa ko‘rsatilgan narxidan qat’i nazar sotib oladi. Aksiyada ishtirok etish uchun 6-dekabrga qadar e’lon joylashtirish kerak.
G‘oliblar qanday aniqlanadi?
Har dushanba kuni tizim tasodifiy tarzda 10 ta e’lonni tanlab oladi va ularning aksiya shartlariga muvofiqligini tekshiradi. Avtomobil texnik jihatdan soz va harakatlanishga yaroqli bo‘lishi, kamida bir oy avval amaldagi egasi nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi, shuningdek, jarimalar va taqiqlarga ega bo‘lmasligi kerak.
Payshanba kuni soat 16:00 ga qadar 1 dan 10 gacha raqamlangan e’lonlar ro‘yxati aksiya sahifasida va Uzum Avtoʻning Instagram sahifasida e’lon qilinadi.
Juma kuni g‘olib Markaziy bank tomonidan belgilangan AQSh dollarining rasmiy kursi asosida aniqlanadi: verguldan oldingi oxirgi raqam e’lon raqamiga mos keladi, 0 raqami esa 10-raqamli e’lonni bildiradi. Valyuta kursini Markaziy bank belgilaydi, shuning uchun natijaga ta’sir qilish mumkin emas.
Aksiyada o‘zining yurilgan yengil avtomobilini sotadigan O‘zbekistonning voyaga yetgan fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Dilerlar, avtosalonlar va olib-sotarlar ishtirok etishga qo‘yilmaydi. E’londagi avtomobil narxi 300 mln so‘mdan oshmasligi kerak.
Natijalar soat 18:00 ga qadar Uzum Avtoʻning Instagram sahifasida e’lon qilinadi. Barcha ro‘yxatlar va har haftalik natijalar bilan ham shu yerda tanishish mumkin. G‘oliblar 20 va 27-noyabr, 4 va 11-dekabr kunlari aniqlanadi. Har haftalik ro‘yxatlarga kiritilgan barcha ishtirokchilar Uzum Market’da xarid qilish uchun 1 million so‘mlik promokodga ega bo‘ladi.
Aksiya qoidalari haqida batafsil ma’lumot olish va unda ishtirok etish uchun havola orqali o‘tish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.