O‘zbekiston davlat san’at muzeyida 11 ta tarixiy-badiiy buyum restavratsiya qilindi

E’lon qilingan sana: · 169
O‘zbekiston davlat san’at muzeyida 11 ta tarixiy-badiiy buyum restavratsiya qilindi
Foto: Madaniy meros agentligi

Fransiyadan tashrif buyurgan 9 nafar mutaxassis Romanovlar saroyi kolleksiyasiga mansub mebel va rangtasvir asarlari ustida restavratsiya ishlarini olib bordi.

6−30-oktyabr kunlari O‘zbekiston davlat san’at muzeyida fransiyalik mutaxassislarning birinchi restavratsiya missiyasi o‘tkazildi. Uning doirasida Romanovlar saroyi kolleksiyasiga tegishli tarixiy-badiiy ashyolarni saqlash va qayta tiklash ishlari amalga oshirildi.

Xususan, Delfin Eli-Lefevr boshchiligidagi besh nafar restavrator kolleksiyaga mansub yettita mebel buyumini restavratsiya qildi. Patrisiya Verje-Libe rahbarligidagi to‘rt nafar mutaxassis esa to‘rtta rangtasvir asari va ularning ramkalari ustida ishladi.

  • false
  • false
  • false
  • false

Missiya tarixiy-badiiy buyumlarning asl holatini saqlab qolish hamda restavratsiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
O‘zbekiston davlat san’at muzeyida 11 ta tarixiy-badiiy buyum restavratsiya qilindi — Toshkent Afishasi