Toshkentda havo +25° gacha ilishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana: · 54
Toshkentda havo +25° gacha ilishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

2−6-noyabr kunlari poytaxtda havo harorati +25° gacha ko‘tarilishi, hafta o‘rtalarida esa kuchli yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda.

Dushanba kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +23° gacha ko‘tariladi. Kechasi bulutlilik kuchayadi, tutun sabab ko‘rish masofasi qisqaradi va harorat +12° gacha pasayadi. 3-noyabr, seshanba kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatilib, harorat +22°, kechasi esa +11° bo‘ladi. Tutun tufayli ko‘rish masofasi qisqarishi kutilmoqda.

Chorshanba kuni havo bulutli bo‘lib, harorat kunduzi +21° gacha ko‘tariladi. Erta tongdan kuchli yomg‘ir yog‘ishi, kechasi harorat +12° gacha pasayishi prognoz qilinmoqda. Tutun va yog‘ingarchilik sabab ko‘rish masofasi qisqarishi mumkin. 5-noyabr, payshanba kuni o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi. Kunduzi harorat +21°, kechasi esa +12° bo‘ladi.

Juma kuni havo harorati +25° gacha ko‘tariladi. Kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatilib, tutun sabab ko‘rish masofasi qisqarishi kutilmoqda. Shanbaga o‘tar kechasi bulutlilik kuchayib, harorat +16° gacha pasayadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling