Dam olish kunlari poytaxtda iliq ob-havo saqlanib qoladi

E’lon qilingan sana: · 153
Dam olish kunlari poytaxtda iliq ob-havo saqlanib qoladi

Toshkentda 7−8-noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozi.

Shanba kuni ertalab havo bulutli bo‘lishi, tushga borib esa quyosh chiqishi kutilmoqda. Kunduzi tutun tufayli ko‘rish masofasi qisqaradi, harorat +25 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatilib, ko‘rish masofasi qisqaradi va harorat +14 darajagacha pasayadi.

Yakshanba kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo prognoz qilinmoqda. Tutun tufayli ko‘rish masofasi qisqaradi, harorat esa +27 darajagacha ko‘tariladi. Dushanbaga o‘tar kechasi havo ancha bulutli bo‘lib, ko‘rish masofasi qisqaradi va harorat +17 darajagacha pasayadi.

.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling