Toshkentda 9-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

E’lon qilingan sana: · 307
Toshkentda 9-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkent shahrida 2026−2027-yilgi isitish mavsumi 9-noyabrdan boshlanadi.

Poytaxt hokimining tegishli qaroriga muvofiq, shu kundan boshlab maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha muassasalari, shuningdek, ko‘p kvartirali turar joy binolariga issiqlik berish yo‘lga qo‘yiladi. Barcha obyektlar isitish tizimiga bosqichma-bosqich ulanadi.

Isitish uchun to‘lov issiqlik amalda ulangan kundan boshlab hisoblanadi. Ulanish sanasi boshqaruv kompaniyasi tomonidan imzolangan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi. Agar xonadonda issiqlik bir maromda taqsimlanmasa, uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak. Bino ichidagi isitish tizimlarining sozligi va issiqlik taqsimoti uchun aynan ushbu tashkilot javobgar hisoblanadi.

Issiqlik tarmoqlarida avariya holatlari yuzaga kelganda, aholi Veolia Energy Tashkent kompaniyasining 1347 yoki (71) 200−00−56 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishi, shuningdek, @vet_pokazaniya_bot Telegram boti orqali murojaat yuborishi mumkin. Bot murojaatlarni haftaning barcha kunlari, tun-u kun qabul qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling