O‘zbekiston Qozog‘iston va Xitoyga aviaqatnovlar sonini oshiradi

E’lon qilingan sana: · 226
O‘zbekiston Qozog‘iston va Xitoyga aviaqatnovlar sonini oshiradi

3−5-noyabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo — Xitoy (C5+1) formatida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Xitoy aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida aviaqatnovlarni kengaytirish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar natijasida O‘zbekiston va Qozog‘iston Toshkent — Olmaota hamda Toshkent — Ostona yo‘nalishlarining har birida muntazam parvozlar sonini haftasiga 42 tadan 60 tagacha oshirishga kelishib oldi. Qolgan barcha yo‘nalishlarda esa haftalik parvozlar sonini 14 tadan 20 taga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini haftasiga 100 tadan 114 tagacha oshirish huquqi berildi. Erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash maqsadida tegishli hujjatlar imzolandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling