Poytaxtda yomg‘ir yog‘ishi va kechasi harorat +3 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Toshkentda 9−13-noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozi.
Dushanba kuni kunduzi kuchli yomg‘ir yog‘ishi (ehtimoli 60 foiz) va harorat +20 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi yomg‘ir yog‘ib, keyinchalik kuchayadi, vaqti-vaqti bilan yengil tuman tushib, ko‘rish masofasi cheklanadi. Harorat +14 darajagacha pasayadi.
10-noyabr kuni kunduzi yomg‘ir yog‘ishi (ehtimoli 90 foiz), vaqti-vaqti bilan yengil tuman tushishi va ko‘rish masofasi cheklanishi prognoz qilinmoqda. Harorat +15 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi yomg‘ir yog‘ishi (ehtimoli 100 foiz), vaqti-vaqti bilan yengil tuman tushishi va ko‘rish masofasi cheklanishi kutilmoqda. Harorat +6 darajagacha pasayadi.
Chorshanba kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi, tutun tufayli ko‘rish masofasi qisqaradi, harorat esa +9 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi havo biroz bulutli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yengil tuman tushishi va ko‘rish masofasi cheklanishi kutilmoqda. Harorat +1 darajagacha pasayadi.
12-noyabr kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo, tutun tufayli ko‘rish masofasining qisqarishi va haroratning +12 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havo bulutli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yengil tuman tushadi, ko‘rish masofasi cheklanadi va harorat +4 darajagacha pasayadi.
Juma kuni kunduzi kuchli yomg‘ir yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan yengil tuman tushishi va ko‘rish masofasi cheklanishi prognoz qilinmoqda. Harorat +10 darajagacha ko‘tariladi. Shanbaga o‘tar kechasi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatilib, vaqti-vaqti bilan yengil tuman tushadi, ko‘rish masofasi cheklanadi va harorat +3 darajagacha pasayadi.