Uzum Market’da "Yilning eng katta savdosi" boshlandi

E’lon qilingan sana: · 188
Uzum Market’da "Yilning eng katta savdosi" boshlandi

Uzum Market elektronika, maishiy texnika, oziq-ovqat va uy-ro‘zg‘or buyumlariga 80% gacha chegirmali sotuvni boshladi. Qolaversa, 225 ming so‘mdan ortiq buyurtma berilganda hamda tanlangan mahsulot Uzum kartasi orqali to‘langanda, xaridorlar tovarlarni 1000 so‘mga xarid qilishi mumkin.

11-noyabrdan 17-noyabrgacha O‘zbekiston bo‘ylab xaridorlarni turli toifadagi tovarlarga 80% gacha chegirmalar, shuningdek, tovarlarni atigi 1000 so‘mga olish mumkin bo‘lgan maxsus tanlov kutmoqda.
Foydali takliflar elektronika, maishiy texnika, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalarga amal qiladi. Masalan, chegirmalar doirasida Samsung‘dan 1,799 mln so‘mga smartfon yoki 229 ming so‘mga ayollar issiq poyabzalini sotib olish mumkin.

1000 so‘mlik tovarlarni olib ketish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun esa Uzum Market ilovasida 225 ming so‘mlik buyurtma rasmiylashtirishning o‘zi kifoya. Shundan so‘ng tovarni tanlash va xaridni Uzum kartasi bilan to‘lash mumkin. Takliflar orasida maishiy texnika, zargarlik buyumlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqa ommabop toifadagi tovarlar mavjud.

To‘plam har kuni yangilanadi. 1000 so‘mlik ayrim takliflar esa kun davomida kutilmaganda paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, kerakli tovar allaqachon sotib olingandaham, yangilanishlarni kuzatib borish kerak. Oldinda yangi foydali takliflar bo‘lishi mumkin. Masalan, quloqchinlar yoki hatto yugurish yo‘lakchasi.

Tovarlar soni cheklangan. Barcha takliflar Uzum Market ilovasi va saytida mavjud.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Uzum Market’da "Yilning eng katta savdosi" boshlandi — Toshkent Afishasi